Chorshanba kuni dollarning o‘rtacha tortilgan kursi 15,87 so‘mga ko‘tarildi. O‘zbekiston Markaziy banki ham valyuta kursini shu miqdorga oshirib, 12 216,09 so‘m etib belgiladi.

Tijorat banklari AQSh valyutasini turli kurslarda savdo qiladi. Masalan, bank kassalarida 11-oktyabr kuni eng yaxshi xarid kursi 12 200 so‘m, eng pasti esa 12 140 so‘m. Dollarni 12 220 – 12 275 so‘mdan sotmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» 10-oktabr kuni dollar kursi yana 12 200 so‘mdan oshgani haqida xabar bergan edi.