Sentyabr oyida O‘zbekistonning qaysi viloyatida ko‘chmas mulk xaridlari faol bo‘ldi

eʼlon qilindi
Sentyabr oyida ko‘chmas mulk bozori biroz qisqargan. Samarqand viloyati bundan mustasno

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ko‘chmas mulk bozorida yuz bergan o‘zgarishlarni tahlil qildi.

Foto: billiondigital / depositphotos.com

Sentyabr oyida ko‘chmas mulk savdosi 17 foizga kamaygan. Oldi-sotdi bitimlari soni bir oy oldingi 28 mingtaga nisbatan 23 mingtani tashkil qilgan.

Maʼlumotga ko‘ra, eng yuqori pasayish Navoiy viloyatida 32%, Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 24%. Toshkent shahrida ham 24% qayd etilgan.

Ko‘chmas mulk bozorida o‘rtacha faollikni 7,4 foizga o‘sish bilan Samarqand viloyati saqlab qolgan.

Ko‘chmas mulk bozorida sotishning pasayishi mavsumiy hisoblanadi.

Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Yanvar-sentyabr oylarida respublikada ko‘chmas mulkni sotish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 1,4 foizga o‘sdi. Hududlar kesimida yil davomida sotuvlar Samarqand viloyatida 52 foizga, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida 30 va 29 foizga o‘sdi.

2023 yilning uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra, uy-joy sotuvi 9 foizga o‘sib, 76 mingtadan oshdigan.

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarning qariyb 50 foizi Toshkent shahri, Toshkent va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri kelganini ko‘rish mumkin.

Sentyabr oyida ikkilamchi bozorda uy-joy narxining o‘rtacha o‘sishi bir kvadrat metr uchun 2,9 foizga oshdigan. O‘tgan yilning sentyabr oyidan buyon uy-joy narxi 22,3%ga oshdi.

O‘tgan yilning sentyabr oyidan buyon ikkilamchi bozorda uy-joy narxining sezilarli o‘sishi Navoiy – 33,7%, Toshkent – 30,5% viloyatlarida va Toshkent shahrida – 29,1% bilan to‘g‘ri kelgan.

Toshkent shahrida sentyabr oyida ikkilamchi uy-joy narxi 1,3 foizga oshdi. Eng yuqori o‘sish Shayxontohur – 1,8%, Mirobod – 2,3% va Yakkasaroy – 3,9% tumanlarida qayd etildi. O‘tgan yilning sentyabr oyiga nisbatan poytaxtda o‘rtacha uy-joy narxi 29,1 foizga oshdi.

Avvalroq, «Kursiv» Toshkentda uy-joy narxi qimmatlashi mumkinligi haqida yozgan.

Shuningdek