2023-yilning birinchi uch choragida Xitoy fyuchers bozoridagi bitimlar soni qariyb 30 foizga oshdi, deya xabar beradi «Sinxua».
Gap 425,29 trillion yuan (taxminan 59,25 trillion dollar) qiymatidagi 6,47 milliard tranzaksiya haqida bormoqda. Bitimlar soni yiliga 30,49% ga oshdi. Ularning hajmi ham 6,13 foizga oshdi.
Chjenchjou tovar birjasi o‘sish sur’atlari bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.
Avvalroq, «Kursiv» Xitoy banki O‘zbekistonda birja savdosini yo‘lga qo‘yishga yordam berishini yozgan edi.