Amerika Qo‘shma Shtatlari Ichki daromad xizmati Microsoft texnologiya kompaniyasiga soliq to’g’risida bildirishnoma berdi. Gap 28,9 milliard dollar haqida ketmoqda. Microsoft bunga rozi bo‘lmadi.
«Microsoft bu taklif qilingan o‘zgarishlarga rozi emas va shikoyat qiladi», — deyiladi kompaniya xabarida.
Microsoft 2004 yildan beri 67 milliard dollar soliq to’laganini aytdi. Amerika departamenti bu miqdor zarur to’lovlarning bir qismini o’z ichiga olmaydi, deb hisoblaydi.
Avvalroq, «Kursiv» Tesla, Google va Microsoft kompaniyalari Tailandga 5 milliard dollar sarmoya kiritayotgani haqida yozgan edi.
Microsoft – Amerika texnologiya korporatsiyasi. U Windows operatsion tizimlari qatori, Microsoft Office to’plami va veb-brauzerlari bilan mashhur.