Ozarbayjon-O‘zbekiston investitsiya jamg‘armasi kompaniyaga aylanadi
Ozarbayjon-O‘zbekiston investitsiya jamg‘armasi nomi o‘zgartirildi. Bu haqdagi qonunni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev imzoladi.
Tashkilot nomidagi «investitsiya fondi» iborasi «kompaniya» bilan almashtirildi.
Ustav kapitali 600 million dollarni tashkil etadi, shundan 75 foiz mablag‘ Ozarbayjon, qolganini O‘zbekiston Respublikasi ajratgan. Kompaniya Toshkent va Boku o‘rtasidagi qo‘shma loyihalarni moliyalashtiradi.
Direktorlar qatoriga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi rahbari Laziz Qudartov, shuningdek, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori Shuhrat Vafoyev kirdi.
Eslatib o‘tamiz, tashkilotni tashkil etish bo‘yicha hukumat kelishuvi joriy yilning fevral oyi oxirida O‘zbekiston poytaxtida imzolangan edi.
Avvalroq, «Kursiv» shu yilning avgust oyida Ozarbayjon va O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo kengash tuzilgani haqida yozgan edi.