Ronalduni Eronda qizni o‘pgani uchun 99 darra urishadi
Saudiyaning «An-Nasr» futbol klubi sardori Krishtianu Ronaldu Erondagi muxlislari bilan uchrashuvda mahalliy rassom Fotimani quchoqlab o‘pdi. Shu tariqa, sportchi ushbu mamlakat qonunchiligini buzdi, unga 99 darra zarbasi beriladi. Fotima nogiron va portugaliyalik futbolchining ashaddiy muxlisi, deya xabar bermoqda Index HR Eron OAVlariga tayanib.
Ronalduning Eron qonunlarini buzgani uning mamlakatni tark etganidan keyin ma’lum bo’ldi. Biroq, agar futbolchi yana tashrif buyurishga qaror qilsa, unga nisbatan sanksiyalar qo’llanilishi mumkin.
Sportchi Eronda Osiyo Chempionlar Ligasi o‘yinida bo‘lgan: «An-Nasr» Eronning «Persepolis» jamoasi bilan o‘ynagan. Ronaldu shogirdlari 2:0 hisobida zafar quchdi.
«Kursiv» Ronaldu boshi bilan gol urish bo’yicha rekord o’rnatganini yozgan.