Tolibon Qo‘shtepa kanali qurilishining birinchi bosqichini yakunladi
Tolibon Qo‘shtepa kanali qurilishining birinchi bosqichini yakunladi, deb xabar berdi TOLONews internet portali.
Ochilish marosimida afg‘on rasmiylari Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O‘zbekiston kanal qurilishidan tashvishlanishga hojat yo‘qligini aytdi. Bosh vazirning ikkinchi o‘rinbosari Abdul Salam Hanafiyning qo‘shimcha qilishicha, Kobul Amudaryodan foydalanish huquqiga ega.
O‘z navbatida, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sher Muhammad Abbos Stanikzay uning departamenti qo‘shni davlatlar bilan bu masalani muhokama qilishga tayyorligini bildirdi.
Kanal qurilishi 2022-yilda boshlangan, gidrotexnik inshootning qiymati 91 million dollarga baholangan. Kanalning umumiy uzunligi 108 km.
Amu.tv portalining xabar berishicha, keyingi bosqichda Qo‘shtepa 177 kilometrga kengaytiriladi. Kobulda bu kanal 500 ming gektardan ortiq yerni sug’orish imkonini beradi, deb hisoblamoqda.
Shu yilning mart oyida suv bo‘yicha ekspert Najibulla Sadid The Economist nashriga bergan intervyusida Kobul tashabbusiga shubha bilan qaragan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblar murakkab muhandislik ishlarini, jumladan, suv o‘tkazgichlar va ko‘priklar qurishni ham amalga oshirishga qodir emas.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonni suvdan foydalanish bo‘yicha muloqotga qo‘shishni taklif qilgani haqida yozgan edi.