UzAuto Motorsning 2024-yilgacha shartnomalari bo’lmasligi rostmi

eʼlon qilindi
Kursiv avtomobil ishlab chiqaruvchisidan bu haqda so'radi

UzAuto Motors 2024-yilgacha avtomobillar bo‘yicha shartnomalar tuzilmasligi haqidagi ma’lumotni rad etdi. Bu haqda Kursivga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Unsplash

«Kompaniya faoliyati, uning rejalari, mahsulot narxlari va shartnomalar haqidagi barcha ishonchli ma’lumotlarni faqat UzAuto Motors’ning rasmiy sahifalarida bilib olishingiz mumkin», — deyiladi avtomobil ishlab chiqaruvchisi xabarida.

Avvalroq «Avtostrada» portali kelasi yili UzAuto Motors avtomobillari, jumladan Chevrolet Cobalt, Lacetti va Damas avtomobillari uchun shartnomalar tuzilmasligi haqida xabar bergan edi. Aytilishicha, bu xomashyo yetishmasligi va yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi bilan bog‘liq.

Avvalroq Kursiv UzAuto Motors ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet Captiva narxlarini soxta deb ataganini yozgan edi.

Shuningdek