13-oktabr kuni valyuta birjasida kurs 12 217,85 so‘mga yetdi. Bu kechagi kunga nisbatan 11,16 so‘mga kam. Markaziy bank ham xuddi shunday dollar kursini belgiladi.

Tijorat banklarining kassalarida dollar sotib olishingiz yoki sotishingiz mumkin. Lekin valyuta kursi Markaziy bank belgilaganidek emas. Masalan, xarid kursi 12 170 so‘mdan 12 220 so‘mgacha. Sotish kursi esa 12 260 – 12 290 so’m.
Avvalroq, «Kursiv» 12-oktabr, payshanba kuni dollarning rasmiy kursi 12,92 so‘mga qimmatlashgani haqida yozgan edi.