Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakolatlari kengaytirildi

eʼlon qilindi
Prezident farmoni bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ilgari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida bo‘lgan vakolatlar berildi

Shavkat Mirziyoyev 12-oktyabr kuni «Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Ushbu Farmon «Kursiv»da bor.

Foto: IgorVetushko / depositphotos.com

Farmonga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ilgari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida bo‘lgan vakolatlar berildi. Endi vazirlik davlat sanoat siyosati uchun masʼul bo‘ladi. Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazini Iqtisodiyot va moliya vazirligiga (IMV) beriladi.

IMV tomonidan sanoatni rivojlantirish bo‘yicha berilgan vakolatlarni hisobga olgan holda iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning o‘rinbosarlariga qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan.

Vazir birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov endilikda mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar uchun global iqtisodiy-moliyaviy vaziyat hamda bozor konyunkturasi xavfini baholashga ham masʼul bo‘ladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari Bobur Xo‘jayevga Iqtisodiyot va moliya vazirligining sanoatni rivojlantirish bo‘yicha hududiy boshqarmalari va bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, sanoat siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish uchun masʼul bo‘ladi. Endilikda u yirik sanoat korxonalarida va hududlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini monitoring qilish hamda prognoz ko‘rsatkichlariga erishishda mavjud risklarni aniqlaydi va bartaraf etadi.

Shuningdek, Bobur Xo‘jayevga korxonalarni bazaviy tarmoqlarga aylantirish, mahsulot va xizmatlar tannarxini pasaytirish, ularning moliyaviy barqarorligi va faoliyat samaradorligini oshirish bilad band bo’ladi. Bundan tashqari, Energetika vazirligi bilan birgalikda — elektr energiyasi va tabiiy gaz bozorlarini isloh qilish va rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida tarif siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlarini tahlil qilish va qabul qilish unga yuklatilgan.

Vazir o‘rinbosari Adiz Boboyev hududlarni sanoat rivojlanishi bo‘yicha ishlab chiqarish infratuzilmasini takomillashtirish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, u sanoat zonalari va yangi tashkil etilayotgan yirik korxonalarning infratuzilma taʼminoti holatini tahlil qilishga, ularni moliyalashtirishni muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘ladi.

IMV tomonidan xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb etgan holda sanoat siyosatini amalga oshirish va bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha byurosini tashkil etish rejalashtirilgan. 

Shuningdek