Yangiliklar

O‘zbekiston bozorida banan narxi oshib bormoqda

Deyarli olti oy ichida birinchi marta

O‘zbekistonda bananning o‘rtacha ulgurji narxi ikki hafta ichida 14 foizga oshib, bir kilogrammi 16 ming so‘mga (1,31 dollar) yetdi. Bu haqda EastFruit portali xabar berdi.

Foto: Mayk Dorner / Unsplash

Bu banan narxining besh oydan ortiq vaqt ichida birinchi marta sezilarli darajada oshishi. Apreldan iyungacha bu mevaning narxi pasayib, keyin barqaror darajada saqlanib qoldi.

Biroq O‘zbekistonda bananning hozirgi ulgurji narxi o‘tgan yillarga nisbatan pastroq. Portal tahlilchilari joriy mavsumda mamlakatga rekord miqdorda ushbu mevalar import qilinganini qayd etishdi.

«Kursiv» oktyabr oyida qovun narxi oshgani haqida yozgan edi.