Mirziyoyev va Lukashenko Oʻzbekiston va Belarus rivojlanishining dinamikasini koʻrishdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Ikki davlat rahbarlari tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalarini ham muhokama qilshdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar jadal rivojlanayotganini ta’kidlashdi.

Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

Ikki davlat rahbarlari bu masalani Qirg‘iziston poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan MDH sammiti doirasida muhokama qilgan.

Ikkala prezident ham o‘zaro savdo hajmi o‘sib borayotganini qayd etdilar. Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning sakkiz oyi davomida Oʻzbekiston Respublikasidan Belarusga 93,5 million dollarlik mahsulot eksport qilingan boʻlsa, Belarus Respublikasidan mamlakatimizga 308,5 million dollarlik mahsulot yetkazib berilgan.

Eslatib oʻtamiz, MDH sammitida Hamdoʻstlik davlatlari rahbarlari iqtisodiy va madaniy sohalarda oʻzaro hamkorlikni kuchaytirishni muhokama qiladi.

Avvalroq, «Kursiv» joriy yil sentabr oyi boshida O‘zbekiston va Belarus tadbirkorlari 350 milliard so‘mlik shartnomalar imzolagani haqida yozgan edi.

Shuningdek