Rossiyaning “Pegas-Agro” kompaniyasi O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib beradi
«Pegas-Agro» (Rossiya) kompaniyasi Oʻzbekistonga beshta qishloq xoʻjaligi texnikasi yetkazib beradi, deb xabar qildi Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Savdo vakolatxonasi matbuot xizmati.
13-oktyabr kuni «O‘zbekiston – lizingning yangi imkoniyatlari» konferensiyasi doirasida korxona va «O‘zagrolizing» AJ o‘rtasida shartnoma imzolangan edi. Tadbir Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.
Pegas-Agro 2010-yilda Samara viloyatida tashkil etilgan. Korxonada «Tuman-1M» va «Tuman-2M» oʻziyurar purkagich va yoygichlar ishlab chiqariladi. 2019-yilda kompaniya ushbu turdagi uskunaning uchinchi modelini ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi.
Avvalroq, «Kursiv» 2023-2024-yillarda qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilish uchun 2,5 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilishini yozgan edi.