China Southern Airlines aviakompaniyasi Samarqanddan Urumchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi
China Southern Airlines aviakompaniyasi Samarqand va Xitoyning Urumchi shahrini to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi. Bu haqda Air Marakanda matbuot xizmati «Kursiv»ga xabar berdi.
Urumchiga parvozlar dushanba kunlari, qarama-qarshi yo’nalishda – yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Shuningdek, Xitoy va Samarqand shaharlari oʻrtasida parvozlar geografiyasini kengaytirish rejalashtirilgan.
China Southern Airlines 1988-yilda tashkil etilgan. Tashuvchining bosh qarorgohi Guangdong provinsiyasining Guanchjou shahrida joylashgan. Filo Boeing va Airbus samolyotlaridan iborat. Bugungi kunda kompaniya 40 mamlakatning 224 ta yo’nalishiga parvozlarni amalga oshiradi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Isroilga parvozlarni to‘xtatmagani haqida yozgan edi.