Hafta dollarning tushishi bilan boshlandi
eʼlon qilindi
O‘zbekiston banklarida eng yaxshi xarid kursi – 12 220 so‘m
O‘zbekistonda hafta boshida AQSH dollari valyuta birjada 16 so‘m 80 tiyinga arzonlashdi. Amerika valyutasining qiymati 16-oktyabr kuni 12 201 so‘m 05 tiyinga yetdi. Bu kurs Markaziy bank tomonidan ham belgilandi.

Respublika tijorat banklarida Amerika valyutasining kassalardagi narxi turlicha. Masalan, xarid kursi 12 155 – 12 220 so‘m. Sotish kursi 12 245 – 12 280 so‘m.
Avvalroq. «Kursiv» dollar kursi o‘tgan haftani pasayish bilan yakunlaganini yozgan edi.