Yangiliklar

Pomidor narxi bir yarim barobar oshgan

Yil davomida ko‘rsatkichlar kamaygan

O‘zbekistonda 6-oktyabrdan 13-oktyabrgacha qizil pomidorning o‘rtacha ulgurji narxlari 1,5 baravarga oshgan. Bir kilogramm uchun 4 ming so‘mdan 6 ming so‘mga yetdi. Bu haqda EastFruit portali xabar berdi.

Foto: icefront / depositphotos.com

Biroq, narxning oshishiga qaramay, qizil pomidor o‘tgan yilga va avvalgi yilga nisbatan 40% va 25% ga arzonroq.

Pushti pomidor esa sentyabr oyining oxiridan oktyabr oyining o‘rtalariga qadar narxi 71 foizga oshib, 12 ming so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi darajaga teng.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning sakkiz oyi yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston xorijga 33,6 million dollarlik pomidor sotgan. Bu oldingi yilgiga nisbatan qariyb 23 foizga ko‘p.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda bodring narxi tushgani haqida yozgan edi.