Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Xitoyga boradi
Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 17-18 oktyabr kunlari «Bir makon, bir yo‘l» uchinchi xalqaro forumi tadbirlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Pekin shahriga boradi.
Yubiley sammitning kun tartibidan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish, transport-kommunikatsiyaviy o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish, «yashil» taraqqiyot, raqamlashtirish dasturlarini ilgari surish va boshqa masalalar o‘rin olgan.
Davlat rahbari forumning yalpi sessiyasida dasturiy nutq so‘zlashi hamda «Makon va yo‘l» tashabbusi doirasidagi xalqaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan o‘z nuqtai-nazarini bayon qilishi kutilmoqda.
Tashrif dasturida XXR raisi Si Szinpin va Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin bilan muzokaralar, boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq, «Kursiv» MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev tomonidan qanday g‘oyalar ilgari surilgani haqida yozgan edi.