Belarusda O‘zbekiston bilan do‘stlik jamiyati tashkil etildi
Minskda «Belarus-O‘zbekiston» jamiyati tuzildi. Uning boshqaruvi tarkibiga ikki mamlakatning turli faoliyat sohalari vakillari kirdi, deya xabar beradi Belta axborot agentligi.
– Geografik masofaga qaramay, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlik jadal rivojlanmoqda, ikki do‘st mamlakat xalqlari juda yaqin va umumiy jihatlar ko‘p, – dedi O‘zbekistonning Belarusdagi Muvaqqat ishlar vakili Rahmatulla Nazarov.
Jamiyat tomonidan Belarus aholisini O‘zbekiston tarixi va an’analari bilan yaqindan tanishtirishga yordam beradigan tadbirlar o‘tkazilishi kutilmoqda. Tashkilot xorijiy davlatlar bilan doʻstlik va madaniy aloqalar jamiyati negizida tashkil etilgan.
Bir kun avval «Kursiv» O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarusning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumni tasdiqlagani haqida yozgan edi.