Hozirda toʻlov tizimlari terminallarida toʻlovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda, deya xabar qildi tashkilot matbuot xizmati. Vaziyatni bartaraf etish bo’yicha ishlar olib borilmoqda va muammolar yaqin kelajakda tuzatiladi.

Shu bilan birga, HUMO mobil ilovalari va bankomatlar odatdagidek ishlayotganini eslatib o‘tdi.
Avvalroq, «Kursiv» 4-oktyabr kuni HUMO ishidagi qiyinchiliklar haqida yozgan edi. Karta egalari mobil ilovalarda toʻlovni amalga oshira olmagan.