Isroil va HAMAS o‘rtasidagi mojaro natijasida O‘zbekistonda tug‘ilgan besh kishi halok bo‘ldi
eʼlon qilindi
Ular bir necha o'n yillar oldin ko'chib kelgan
Isroil va Falastinning HAMAS guruhi o‘rtasidagi harbiy mojaro 1990-yillarda mamlakatdan ko‘chib kelgan besh nafar sobiq O‘zbekiston fuqarosining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.
«Oʻzbekistonda tugʻilgan (…) va 90-yillarda Isroilga repatriatsiya dasturi boʻyicha koʻchib kelgan besh kishi halok boʻldi», — deyiladi elchixonaning Telegram-kanalida Isroil Tashqi ishlar vazirligi va mamlakat politsiyasi maʼlumotlariga tayanib.
Elchixona qurbonlarning amaldagi O‘zbekiston pasportiga ega bo‘lmagani bilan izohladi.
Avvalroq, «Kursiv» Isroilda O‘zbekistonning uch fuqarosi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.