O‘zbekistonda tadbirkorlarga yo‘llar qurishga ruxsat beriladi

eʼlon qilindi
Shuningdek, ularni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ladi

2024-yil boshidan O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari qurilishiga xususiy sektor jalb etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga asoslanib xabar berdi.

Foto: Unsplash

Bundan tashqari, tadbirkorlarga yo‘llarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va texnik xizmat ko’rsatishga ruxsat beriladi.

Qarorda yaratilishi nazarda tutilgan yangi tizim bo‘yicha yo‘l qurilish ishlari sifati baholanadi. Loyiha-smeta hujjatlarini shakllantirish usuli ham ko’rsatilgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil boshida Oʻzbekistonda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining uzunligi 42,8 ming kilometrni tashkil qilgan. Shundan 42,2 ming km asfaltlangan.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda obodonlashtirish oyligida 40 ming kilometrdan ortiq yo‘l ta’mirlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek