Yangiliklar

G‘azodagi shifoxonaga uyushtirilgan zarba tufayli yuzlab odamlar halok bo‘ldi

Bir qancha davlatlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Seshanba kuni kechqurun G’azo sektoridagi shifoxona raketa o’qiqa tutildi. 300 nafardan 500 nafargacha odam halok bo’ldi. Fojia dunyoning turli mamlakatlarida qator noroziliklarga sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Foto: Reuters

Hujumni kim amalga oshirgani hozircha noma’lum, Isroil va Falastin rasmiylari buning uchun bir-birini ayblamoqda. Rasmiy xabarda 300 kishi halok bo’lgani aytiladi, norasmiy ma’lumotlarga ko’ra – 500 nafar. Ba’zi odamlar vayronalar ostida qolmoqda.

Agentlikning qayd etishicha, fojia AQSh prezidenti Jo Baydenning Isroilga tashrifi arafasida sodir bo‘lgan. Falastin milliy maʼmuriyati rahbari Mahmud Abbos AQSh rahbari bilan uchrashishdan bosh tortdi.

Kasalxonaga qilingan raketa hujumi dunyoning qator mamlakatlarida qoralangan. Namoyishlar Iordaniya, Livan, Iroq, Marokash va Turkiyada bo‘lib o‘tdi.

Falastin-Isroil mojarosining keskinlashuvi 7-oktyabr, shanba kuni Hamas jangarilari Isroil bilan chegaradosh hududga hujum qilib, avvalroq raketalarni otganidan boshlandi.

Bunga javoban Isroil hukumati G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi. Mamlakat harbiy-havo kuchlari anklavdagi harakat jangarilariga tegishli binolarni ham bombardimon qila boshladi.

Avvalroq, «Kursiv» BMT Xavfsizlik kengashi Rossiyaning Isroil va G‘azo sektori bo‘yicha rezolyutsiyasini qabul qilmagani haqida yozgan edi.