Xiaomi yangi operatsion tizimni ishlab chiqdi
Xitoyning Xiaomi korporatsiyasi smartfonlarni yangi HyperOS operatsion tizimi (OT) bilan jihozlaydi. U MIUI o‘rnini egallaydi, dedi kompaniya asoschisi Ley Jun.
«Xiaomi butunlay yangi Xiaomi HyperOS operatsion tizimini taqdim etadi. Bu Xiaomi uchun davr yaratuvchi lahzadir», — deb yozdi Ley Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. Shuningdek, u yangi OS bilan jihozlangan smartfon bilan suratni chop etdi.
HyperOS tizimida ishlaydigan birinchi smartfon Xiaomi 14 bo‘lishi kutilmoqda. Keyinchalik bu OT boshqa Xiaomi qurilmalarida ishlashi va kelajakda ularni «to‘liq ekotizim»ga birlashtirishi kerak.
Xiaomi yangi OS haqida oktyabr oyi oxirida bo’lib o’tadigan konferentsiyada batafsilroq gaplashishi mumkin.
Xiaomi – Xitoy texnologiya korporatsiyasi. 2021-yilda kompaniya smartfon ishlab chiqarish bo’yicha yetakchiga aylandi. Biroq, Xiaomi nafaqat ularni, balki boshqa gadjetlarni, shuningdek, maishiy texnika, dasturiy ta’minot va elektr skuterlarni ishlab chiqaradi.
Avvalroq, «Kursiv» Xiaomi 2023-yilning ikkinchi choragida foydani oshirishga muvaffaq bo‘lgan, biroq daromad pasayganini ma’lum qilgandi.