O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan deyarli 5,9 ming tonna pechenye ishlab chiqarilgan. 2022-yilning tegishli davriga nisbatan ishlab chiqarish 41,1 % ga oshgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar bergan.
Xabarga ko‘ra, 2023-yilning avgust oyida yirik korxonalar tomonidan 906,7 tonna pechenye ishlab chiqarilgan.
Avvalroq, «Kursiv» Agentlik tomonidan berilgan ma’lumotga asosan O‘zbekistonda ko‘mir qazib olish ortgani haqida xabar bergan.