Eron O‘zbekiston Respublikasiga davlatlar o‘rtasida viza rejimini bekor qilishni taklif qildi. Bu fikrni Islom Respublikasi Turizm, madaniy meros va hunarmandchilik vaziri Seyid Ezatulloh Zarg‘amiy O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya vazirligi rahbari Aziz Abduhakimov bilan uchrashuvda bildirdi.
«Buxoroga tashrif buyurganimda ikki xalq qanchalik yaqin ekanini his qildim. Biz o‘zbekistonlik sayyohlarning Eronga kelishini qo‘llab-quvvatlaymiz, shuningdek, xorijga sayohat qilishni rejalashtirayotgan eronlik sayyohlar O‘zbekistonga ustunlik berishi kerak, deb hisoblaymiz», — dedi Zagradiy.
Bundan tashqari, Zarg‘amiy mamlakatlar o‘rtasida quruqlik turizmini rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. U Turkmaniston bilan birgalikda infratuzilmani yaxshilash ustida ishlashni taklif qildi.
Bugungi kunda Eron chegara siyosatini yumshatish ustida ishlamoqda va 60 davlat fuqarolari uchun vizani bir tomonlama bekor qilmoqchi. UNWTO ma’lumotlariga ko’ra, 2023 yilning birinchi yarmida Islom Respublikasiga 2,93 million sayyoh tashrif buyurgan.
O‘zbekistonlik yosh olimlar Eronga amaliyot o‘tash uchun yuborilishi haqida avvalroq xabar berilgan edi.