O‘zbekistonda uzum narxining oshishi davom etdi. «Damskiy palchik» (Kelin barmoq) navining narxi eng tez sur’atlar bilan oshib bormoqda: so’nggi uch hafta ichida – 64% ga, EastFruit portali xabar berdi.

O‘zbekiston bozorlarida «Kelin barmoq»ning bir kilogrammi endilikda 45 ming so‘m (3,8 dollar) sotilmoqda. Uch hafta oldin ularning narxi 27,5 ming so’m (2,3 dollar) edi.
Boshqa uzum navlari narxi ham oshdi: «Husayne» – 33 foizga, 30 ming so‘mgacha (2,5 dollar), «To‘yfi» – 21 foizga, 20 ming so‘mgacha (1,6 dollar).
«Mersedes» va «Rizamat» navlari narxlari sentyabr oyining oxiridan beri deyarli o‘zgarmagan.
«Kursiv» O‘zbekiston uzum eksportini ikki barobardan ko‘proqqa qisqartirgani haqida yozgan.