Payshanba kuni dollar kursi 24,08 so‘mga oshdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        So‘mning qadrsizlanishi tezlashmoqda
                    
                            O‘zbekiston valyuta birjasida 1 dollar 24,08 so‘mga oshib, 12 231,01 so‘mga yetdi. Respublika Markaziy banki valyuta kursini xuddi shunday darajada belgiladi.

Respublika tijorat banklari bugun kassalarda xarid kursini 12 145 so‘mdan 12 215 so‘mgacha belgiladi. Sotish kursi 12 260 – 12 290 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq, «Kursiv» 18-oktabrda dollar kursi deyarli 12 so‘mga qimmatlashgani haqida yozgan edi.
