O‘zbekiston valyuta birjasida 1 dollar 24,08 so‘mga oshib, 12 231,01 so‘mga yetdi. Respublika Markaziy banki valyuta kursini xuddi shunday darajada belgiladi.
Respublika tijorat banklari bugun kassalarda xarid kursini 12 145 so‘mdan 12 215 so‘mgacha belgiladi. Sotish kursi 12 260 – 12 290 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq, «Kursiv» 18-oktabrda dollar kursi deyarli 12 so‘mga qimmatlashgani haqida yozgan edi.