Silk Avia aviatashuvchisi UzAirways` ga qarashli Uzbekistan Helicopters` ga oʻtadi

eʼlon qilindi
Aviakompaniya 2021-yilda tashkil etilgan

Mintaqaviy Silk Avia aviatashuvchisi UzAirways’ga qarashli Uzbekistan Helicopters’ga oʻtadi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Uzaviatsiya agentligi

Uzbekistan Airports’ga tegishli uchta ATR72−600 samolyoti aviakompaniya balansiga o‘tkaziladi. Rejalarda Silk Avia uchun xuddi shunday samolyot sotib olinadi.

Uzbekistan Helicopters’ga parvozlar sonini oshirish, parvozlar geografiyasini kengaytirish va yangi samolyotlar xarid qilish vazifasi yuklanadi.

Silk Avia aviakompaniyasi 2021-yil noyabr oyi oxirida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashabbusi bilan UzAirports tomonidan yaratilgan. Tashuvchi joriy yilning bahorida ilk parvozini amalga oshirdi. Iyun oyi oxirida kompaniya uchun Italiya-Fransiyaning ATR kompaniyasidan yana beshta samolyot sotib olinishi ma’lum bo’ldi.

Uzbekistan Helicopters 2018-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniyaning asosiy yo’nalishlari yuk va yo’lovchi tashish, neft quvurlarini patrullash va boshqa xizmatlardir.

Avvalroq, «Kursiv» oktyabr oyining o‘rtalaridan boshlab Silk Avia Turkiston va Samarqand o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘ygani haqida yozgan edi.

Shuningdek