Wendy’s O’zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi
Go‘sht+Parranda: «Wendy’s O‘zbekiston va Qozog‘istonda yangi savdo nuqtalarini ochadi» – Kusto Holding va Wendy’s franchayzing Markaziy Osiyoda 2030-yilgacha O‘zbekiston va Qozog‘istonda 55 ta savdo nuqtalarini ochishni rejalashtirmoqda.
Arab News: «O‘zbekistondagi BMT yig‘ilishiga Saudiya Arabistoni turizm vaziri raislik qildi» – Samarqandda bo‘lib o‘tgan BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashining 119-sessiyasiga Saudiya Arabistoni turizm vaziri Ahmad Al-Xatib raislik qildi.
Tadbir doirasida Al-Xatib O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov bilan uchrashdi.
CGTN: «Si: Xitoy va O‘zbekiston bir-birini qat’iy qo‘llab-quvvatlashda davom etishi kerak» – Xitoy va O‘zbekiston bir-birini qat’iy qo‘llab-quvvatlashda davom etishi kerak, dedi Xitoy raisi Si Szinpin.
XXR Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilishda qoʻllab-quvvatlaydi va ichki ishlarga har qanday tashqi aralashuvga qatʼiy qarshi turadi, dedi Xitoy rahbari.
TASS: «Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston ekspertlari mamlakatlar aloqalarining tashqi tahdidlarga chidamliligini qayd etdi» – O‘zbekiston va Rossiya ekspertlari Xivada bo‘lib o‘tgan seminarda ikki davlat aloqalarining tashqi tahdidlarga chidamliligini ta’kidladilar.
Ularning fikricha, Toshkent va Moskva siyosiy darajadagi o‘zaro tushunish, asosiy mintaqaviy va global muammolar bo‘yicha umumiy qarashga tayanadi.