WSJ: «Islomiy jihod» Falastin kasalxonasida portlash sodir etgan

eʼlon qilindi
Amerika razvedkasi bu ma'lumotga ega

Qo‘shma Shtatlar G‘azodagi Al-Ahli kasalxonasidagi portlashda «Islomiy jihod»ning aloqadorligini tasdiqlovchi dalillarga ega, deb yozadi WSJ Oq uydagi manbalarga tayanib.

Foto: AP Photo / Abed Khaled

AQSh rasmiylarining aytishicha, G’azo kasalxonasidagi portlash Falastin Islomiy Jihod jangari guruhining ishi bo’lganini ko’rsatuvchi «yuqori ishonch» razvedka dalillari mavjud.

Bu Isroil armiyasi shifoxonaga qilingan hujum uchun javobgar emasligi haqidagi bayonotni tasdiqlaydi.

Portlash va uning oqibatlari haqidagi ommaga ochiq tasvirlarni ko‘zdan kechirgan mustaqil tahlilchilar, shuningdek, voqea joyida Isroil odatda foydalanadigan bomba yoki raketa zarbasi alomatlari yo‘qligini aytishadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, vayronagarchilik ko’lami ham HAMAS nazoratidagi G’azo Sog’liqni saqlash vazirligining 471 kishi halok bo’lgani haqidagi da’vosiga to’g’ri kelmaydi. AQSh rasmiylarining aytishicha, hozircha qurbonlar soni 100 dan 300 gacha.

Eslatib o‘tamiz, Al-Ahli shifoxonasiga raketa hujumi sodir etilgani haqida xabarlar 17-oktabr, seshanba kuni kelib tushgan edi. Falastin va Isroil buning uchun bir-birlarini javobgar deb bilishadi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bu harakatni qoralab, uni xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi deb atadi.

Shuningdek