X ijtimoiy tarmog‘i Yevropada ishlamay qolishi mumkin
Amerikalik milliarder Ilon Mask Yevropa Ittifoqining raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonuni kuchga kirishi munosabati bilan o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ini (sobiq Twitter) Yevropada blokirovka qilishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Business Insider manbalarga tayanib yozdi.
Business Insider nashrining xabar berishicha, Mask YeIda X-ni bloklash yoki yevropalik foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqqa kirishini cheklash imkoniyatlarini muhokama qilgan.
«U (Mask – Tahrir) o‘ziga yoqmaydigan yoki unga qarshi chiqadigan biror gapni aytsa, bolg‘achani juda tez tushiradi», — dedi nashr manbasi.
Yevropa Ittifoqining raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonuni avgust oyida kuchga kirdi. Bu X kabi onlayn platformalarda noto‘g‘ri va zararli ma’lumotlarni kuzatish va olib tashlash uchun shaffof bo‘lgan moderatsiya tizimlariga ega bo‘lishini talab qiladi. O‘tgan hafta Yevropa Ittifoqining ichki bozor bo‘yicha komissari Tyerri Breton Maskning ijtimoiy tarmog‘ining yangi qoidalarga muvofiqligi tekshirilayotganini aytdi. Agar qoidabuzarliklar aniqlansa, X jarimaga tortiladi.
Nashr hech qanday rasmiy izoh olmagan.
Yevropa X faol foydalanuvchi bazasining taxminan 9% ni tashkil qiladi.
«Kursiv» X asosiy funksiyalardan foydalanish uchun yillik 1 dollar obunani sinab ko’rishini yozgan.