O‘zbekistonda 2024-yilda har ikkinchi xodim maoshini oshirishni so‘raydi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
HeadHunter buning sababini aniqladi

HeadHunter foydalanuvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda kelasi yilga qadar ishchilarning 51 foizi ish haqini oshirishni soʻrashni rejalashtirmoqda.

Foto: Unsplash

Aksariyat hollarda (61%) xodimlar ish haqini oshirish haqidagi iltimoslarini ishdagi yutuqlari bilan oqlaydilar. Shuningdek, respondentlarning 42 foizi bozordagi boshqa kompaniyalarning takliflarini tahlil qilgandan keyin, 21 foizi hamkasblarining maoshlarini solishtirgandan so‘ng oshirishni xohlaydi.

Xodimlarning qariyb 34 foizi 2023 yil oxirigacha ish beruvchi bilan ish haqini oshirish haqida suhbat qurishni rejalashtirmoqda, taxminan 31 foizi bu suhbatni 2024 yil boshiga qoldirmoqda.

Javoblarga ko’ra, kompaniyadagi respondentlarning 43 foizida rahbariyat muntazam ravishda ish haqini indeksatsiya qiladi. Ko’pincha u yiliga bir marta (72%) amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda stajyorlarning yarmidan ko‘pi – 54 foizi marketing sohasida ishlashga jalb etilgani avvalroq xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi ish haqi farqi 39 foizga yetadi.

Shuningdek