«O‘zenergoinjiniring» AJni ustav kapitalidagi 87,7 foiz davlat ulushining xususiylashtirish jarayoni boshlanganligi toʻgʻrisida eʼlon qilindi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) xabar berdi.
Xabarga ko’ra, DABA tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, «O‘zenergoinjiniring» AJ ustav kapitalidagi 87,7 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayonining aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi boshlangan.
«Mosaic Financial» kompaniyasi ushbu Bitim boʻyicha Davaktiv agentligining xususiylashtirish boʻyicha maslahatchisi hisoblanadi.
«O‘zenergoinjiniring» AJ – O‘zbekiston Respublikasida qishloq joylarda, shaharlarda va tuman markazlarida joylashgan barcha isteʼmolchilarni suv xoʻjaligi obyektlari va kommunal xoʻjalik majmualari uchun elektr taʼminoti va elektrlashtirish obyektlarini loyihalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotdir. Ustav fondi: 13,2 mlrd.so‘m.
Avvalroq, «Kursiv» Investitsiyalar bilan shugʻullanmoqchi boʻlganlar uchun: Oʻzbekistonda aksiyalarni xarid qilishda nimalarga e’tibor berish lozimligi haqida xabar bergan.