Vyacheslav Pak: O‘zbekistonda maʼmuriy-buyruqbozlik amaliyotidan korporativ boshqaruv joriy etishga o‘tish zarur

eʼlon qilindi
“Biznes va direktorlar kengashlari: yangi iqtisodiyotdagi muammolar va imkoniyatlar” mavzusidagi yillik biznes sammiti bo'lib o'tdi

O‘zbekistonda korporativ boshqaruv masalalari muhokama qilingan sammit bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabar berdi. Ipak yo‘li mamlakatlari direktorlarining har yili o‘tkaziladigan ushbu biznes tadbirida agentlik vakillari ham ishtirok etishdi.

Foto: Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak «Biznes va korporativ boshqaruv: yangi imkoniyatlar va o‘yin qoidalari» sessiyasida so‘zga chiqdi.

«O‘zbekistonda ko‘plab sohalarda ma’muriy-buyruqbozlik amaliyotidan korporativ boshqaruv tizimining barcha vositalarini joriy etish yo‘liga o‘tish zarur; korporativ boshqaruvni rivojlantirishda xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, kichik va o‘rta biznes subyektlarini rivojlantirish va yiriklashtirish zarur», – deya ta’kidlab o‘tgan Vyacheslav Pak.

Tadbir kun tartibida Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti transformatsiyasi, xalqaro kapitalni jalb qilish, davlat aktivlarini xususiylashtirish va IPOlarga kirish masalalari, biznesni saqlash va rivojlantirishda sun’iy intellektdan foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Avvalroq, «Kursiv» Vyacheslav Pak bilan «Maynerlar biroz kutishlari kerak» mavzusida suhbatlashgan edi.

Shuningdek