Yangiliklar

O‘zbekiston valyuta bozori barqaror haftani o‘tkazdi

Dollar biroz tushib ketdi
Foto: Bushko / www.depositphotos.com

Hafta davomida O‘zbekiston milliy valyutasi dollarga nisbatan biroz mustahkamlandi. 20-oktabr, juma kuni mamlakatimiz valyuta birjasida dollarning o‘rtacha qiymati 12 210 so‘mni tashkil qildi. Taqqoslash uchun: o‘tgan hafta oxirida bu ko‘rsatkich 12 217,85 so‘mni tashkil qilgan edi.

Amerika valyutasi joriy haftani 16,80 so‘mga tushish bilan boshladi. Seshanba kuni ham pasayish kuzatildi, lekin unchalik katta emas (deyarli 6 so’mga). Chorshanba va payshanba kunlari dollar jami deyarli 36 so‘mga qimmatlashdi, juma kuni esa 21,01 so‘m qadrsizlanishi bilan yakunlandi.

Dollar kursining biroz pasayishi bank kassalarida ham sezilmoqda. Masalan, o‘tgan haftada dollarning eng qulay sotuv kursi 12 260 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, joriy hafta oxirida 12 250 so‘mni tashkil qilgan edi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda dollar kursi bo‘yicha tahlilchilarning prognozlarini e’lon qilgan edi.