O‘zbekistonda yomg‘ir va tuman kutilmoqda

eʼlon qilindi
Meteo-xizmat prognoziga ko'ra
Foto: Piqsels.

23-oktabr, dushanba kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida biroz yomg‘ir yog‘adi, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

23—27-oktabr kunlari davlatning ayrim hududlarida kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

24—25-oktabr, seshanba va chorshanba kunlari havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kunduzi havo harorati +22°/+25° gacha bo’ladi, baʼzi joylarda +27° gacha isishi mumkin.

26-oktabr, payshanba kuni O‘zbekistonga Rossiyaning Volga daryosi tomonidan nam havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda. Shu kuni O‘zbekistonning markaziy, janubiy va sharqiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati +15°/+20° gacha tushadi.

27-oktabr, juma kuni yomg‘ir yog‘maydi, havo harorati yana +17°/+22° gacha ko‘tariladi.

Toshkent shahrida 24—25-oktabr kunlari bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda, havo harorati — +21°/+24°. 26-oktabr, payshanba kuni poytaxtda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Avvalroq, «Kursiv» Qamchiq tog‘ dovonida qor yog‘di, deb yozgan edi.

Shuningdek