23-oktabr Toshkentning metrosida harakat tarkibi yarim soatdan ortiq vaqtga to’xtab qoldi. Buning sababi — poyezd havo kompressoridagi texnik nosozlik, deb xabar berdi «Toshkent metropoliteni» DUK.
Ushbu xolat soat 9:46 da Yunusobod yo’lining «Shahriston» bekatida sodir bo’ldi.
Poyezd 31 daqiqadan so’ng, soat 10:17 da harakatni davom etdi. Ayni vaqtda poezdlar belgilangan jadval bo’yicha harakatlanishmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» DUK «Toshkent metropoliteni» poezdlar to’qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni rad etgani xaqida yozgan edi.