Uzbekistan Airways Pxuketga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                                                        
                            ( yangilandi)
                            
                                                            
                                    
                
                                    
                
                                    
                        1-dekabrdan boshlab
                    
                            
Uzbekistan Airways 1-dekabrdan Pxuket oroliga (Tailand) qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar berdi aviakompaniyaning axborot xizmati.
Parvozlar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Pxuket – Tailandning provinsiyasi va eng katta oroli. Orol tropik kurortlari bilan sayyohlarni o’ziga tortadi va oq qumli plyajlari bilan mashhur.
Avvalroq, «Kursiv» Uzbekistan Airways Toshkentdan Nyu-Yorkka chiptalar narxini 20 foizga pasaytiradi deb yozgan edi.
