Yangiliklar

Dollar narxi tushib ketdi

Valyuta birjasida dollarning o‘rtacha kursi 18,11 so‘mga pasaydi
Foto: welcomia / www.https://depositphotos.com

24-sentabr kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarning o‘rtacha kursi 18,11 so‘mga pasaydi. Kurs 12 199,93 so‘mga yetdi. O‘zbekiston Markaziy banki ham dollar kursini shu darajada belgilagan.

Respublika tijorat banklari 24-oktabr kuni o‘z kassalarida xarid kursini 12 140 – 12 215 so‘m darajasida belgiladi. Sotish kursi 12 240 – 12 280 so‘mni tashkil qildi.

Avvalroq, «Kursiv» 23-oktabr kuni dollar kursi 8,04 so‘mga oshgani haqida yozgan edi.