World Population Review ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistonda 9,9% erkaklar alkogolizmdan aziyat chekadi.
Mamlakatda alkogolizmga moyil ayollar 2,1% tashkil etadi. O‘zbekistonda spirtli ichimliklarni ortiqcha iste’mol qilishdan aziyat chekayotgan aholining ulushi — 5,9%.
Ushbu kasallik Vengriyada eng ko’p uchraydi — aholi orasida ichuvchilarning soni 21,2% tashkil etadi, bundan 36,9% erkaklar va 7,2% ayollar.
Reytingda Vengriyadan keyin Rossiya joy olgan – aholi orasida spirtli ichimliklarni me’yordan ortiq iste’mol qiluvchilar 20,9% tashkil qiladi, bundan 36,9% erkaklar va 7,4% ayollar.
Uchinchi o’rinda Belorussiya joylashgan — umumiy kattalar aholisining 18,8% alkogolizmdan aziyat chekadi (erkaklarning 33,9% va ayollarning 6,2%).
Eng kam alkogol istemol qiluvchilar Qatarda — kattalar orasida atigi 0,3%.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda har beshinchi erkak sigaret chekishi xaqida yozgan edi.