Poytaxt maktablaridan biriga tashrifi chog‘ida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ma’muri Samanta Pauer O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yangi dastur haqida ma’lum qildi.
Tashabbus uchun birinchi yilda 4,5 million dollar ajratish rejalashtirilgan.
Ushbu dastur bolalar bog’chasida nogironligi bo’lgan bolalarning beshinchi sinfga qadar samaraliroq o’rganishiga yordam beradigan yangi usullarni sinab ko’radi.
Inklyuziv ta’lim tamoyillarini o‘quv-uslubiy materiallarga integratsiya qilish, ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari, rahbarlari va boshqa xodimlarining malakasini oshirish, shuningdek, ushbu mexanizmlarni butun mamlakat bo‘ylab joriy etish rejalashtirilgan.
Avvalroq, Pouer O‘zbekistonga 14 million dollardan ortiq mablag‘ ajratilishini e’lon qilgan edi. Bu mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasida sil kasalligiga qarshi kurashish, epidemiyaning oldini olish, turizm, AKT va yashil energetika sohasida biznesni rivojlantirish, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini yaxshilashga yoʻnaltiriladi.
2019-yildan beri AQSh USAID orqali O‘zbekistonda ta’lim imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 40 million dollardan ortiq sarmoya kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, USAID rahbari O‘zbekistonga birinchi C5+1 vazirlar konferensiyasini o‘tkazish uchun kelgan edi.