Apple yangi gadjetlarini 30-oktabr kuni taqdimotida namoyish etadi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Tadbir “Dahshatli tez” shiori ostida o‘tkaziladi.
                    
                            
Amerikaning smartfon va boshqa gadjetlar ishlab chiqaruvchi Apple kompaniyasi 30-oktabr kuni onlayn taqdimotini o‘tkazadi. Bu haqda CNBC portali jurnalistlar qabul qila boshlagan kompaniya takliflariga tayanib yozgan.
Tadbirda Apple yangi Mac noutbuklarini namoyish qilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, taqdimot shiori «Dahshatli tez» kompaniyaning chiplar liniyasining rivojlanishiga ishora qiladi: hozirgilari M2 deb nomlanadi, kompaniya M3 ni taqdim etishi mumkin.
Sentyabr oyida Apple yangi iPhone va Apple Watch modellarini taqdim etdi.
«Kursiv» iPhone 15, Apple Watch Series 9 va Apple Watch Ultra 2 e’lonlari haqida yozgan.
