O‘zbekistonda Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbari Aziz Voitov o‘z lavozimidan ozod etildi, deb xabar berdi «Yuksalish» umummilliy harakati.
Voitov bu lavozimda 2022-yil avgust oyi oxiridan beri ishlab kelayotgandi. Oldin u Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki (O‘zmilliybank)da turli lavozimlarda ishlagan, 2017-yil oxiridan 2020-yil martigacha «O‘zsanoatqurilishbank»ni boshqargan. 2020-yildan buyon Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Voitovning ishdan olinishi fonida internetda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaevning ushbu lavozimga tayinlangani haqidagi maʼlumotlar tarqaldi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati bu xabarlarni rad etdi.
«Bu gaplar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ayni paytda oʻz ishini davom ettirmoqda va kun tartibiga muvofiq, belgilangan vazifalar, chora-tadbirlar ijrosi bilan band», — deyiladi hokimlik xabarida.