Dollar biroz tushdi
eʼlon qilindi
AQSh valyutasi ikkinchi kun ketma-ket arzonlashmoqda

O‘zbekistonda dollar ikkinchi kun ketma-ket arzonlashmoqda. Dushanba kuni ko’tarilganidan so’ng, seshanba va chorshanba kunlari AQSh valyutasi arzonlashdi. 25-oktabr kuni valyuta kursining o‘rtacha qiymati 12 195,13 so‘mgacha pasaydi. Bu kechagidan deyarli 5 so‘mga kam.
Tijorat banklarida dollarni xarid qilish kursi 12 140 – 12 200 so‘mni tashkil qilmoqda. Sotish kursi 12 230 – 12 260 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq, «Kursiv» dollar kursiga oid ekspert prognozlarini yozgan edi.