Mirziyoyev ichki ishlar xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev chorshanba kuni mamlakat ichki ishlar organlari (IIV) xodimlarini kasb bayramlari bilan tabrikladi. Yurtboshimiz ofitserlar, generallar, serjantlar va oddiy askarlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni munosib ado etayotganini ta’kidladi.
– Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi ichki ishlar tizimida ham islohotlar taqdirini, avvalo, o‘z kasbiga, Vataniga, xalqiga fidoyi, yuksak malakali, zamonaviy fikrlaydigan kadrlar belgilab beradi. (…) O‘z burchingizni chuqur anglagan holda fidokorona xizmat ko‘rsatayotganingiz uchun barchangizga samimiy minnatdorlik bildiraman”, — deyiladi davlat rahbari saytida.
Mirziyoyevning qoʻshimcha qilishicha, ichki ishlar xodimlarining «mashaqqatli va shonli mehnatini munosib ragʻbatlantirish» davlatimiz diqqat markazida boʻlib qoladi.
Prezidentning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda ichki ishlar organlari tomonidan koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarining 80 foizini elektron shaklga oʻtkazish rejalashtirilmoqda. Har bir mahallada profilaktika inspektorlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, 350 dan ortiq hududda huquqni muhofaza qilish punktlari tashkil etilgan.
«Kursiv» Mirziyoyevning O‘zbek tili bayrami bilan tabriklagani haqida yozgan.