O‘zbekiston aholisini hafta oxirida qanday ob-havo kutmoqda
eʼlon qilindi
O‘zgidromet prognoziga ko‘ra
Hafta oxirida, 27—29-oktabr kunlari O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir bo‘lmaydi, deb xabar berdi O‘zgidromet.
Samarqand, Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarida 27-oktabr, juma kuni +20°/+25° issiq bo‘lishi kutilmoqda.
28—29-oktabr dam olish kunlari havo harorati kunduzi +22°/+27° gacha ko‘tariladi.
Bu hududlarda kechasi +7°/+12° iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda 23—27-oktabr kunlari yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi kutilayotganini xaqida yozgan edi.