2023-yilning to‘qqiz oyi yakuniga ko‘ra, Rossiya O‘zbekiston tovarlarining asosiy import qiluvchi davlatiga aylandi. Shu davr mobaynida Oʻzbekiston Rossiyaga narxi $2,3 milliardlik mahsulot eksport qildi, deb xabar berdi statistika agentligi.
Oʻzbekistondan eng koʻp mahsulot xaridor qiluvchilar uchligiga tovarlarini $1,9 milliardga import qilgan Xitoy va $1,1 milliardga sotib olgan Qozogʻiston kirdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Turkiyaga $1 milliard, Afg‘onistonga 609 millionlik mahsulot eksport qildi.
Avvalroq, «Kursiv» G‘arb sanksiyalari tufayli O‘zbekistonga Rossiya yog‘ochlarini eksport qilish to‘xtatilgani haqida yozgan edi.