Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga 1 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya jalb etish bo‘yicha topshiriq berdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda kelgusi yilda Qashqadaryo viloyatiga 1 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya jalb etish uchun baza yaratish zarurligini aytdi.
Mirziyoyev Qarshi shahrida sanoat texnoparki barpo etish, 5 ming ish oʻrni yaratish mumkinligini taʼkidladi.
Shuningdek, goʻsht, sut ishlab chiqarish, meva-sabzavot yetishtirish boʻyicha 50 million dollarlik loyihalarni amalga oshirishga koʻrsatma berdi.
Bundan tashqari, Qozon shahrida imzolangan 337 million dollarlik 21 ta, Oʻzbekiston-Xitoy biznes-forumida qabul qilingan 352 million dollarlik 20 ta loyihani yakunlash zarur.
O‘zbekiston Prezidenti avvalroq Qarshi shahridagi «Kavali» kichik sanoat zonasi (MPZ)dagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.