Toshkentda go‘sht, sabzavot va mevalar qancha turadi

O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi Toshkent shahrida go‘sht, meva-sabzavot mahsulotlari narxlarini o‘rgandi.
Poytaxtdagi «Eski juva» bozorlari va Qo’yliq ulgurji dehqon bozoridagi narxlar asos qilib olingan.
«Eski juva» bozorida qo’y go‘shtining bir kilogrammi 65-70 ming so‘m, mol go‘shti 60-70 ming so‘m turadi.
Qo‘yliqda olmaning bir kilogrammi 4 ming so‘mdan 18 ming so‘mgacha, bananning bir kilogrammi 18-20 ming so‘mdan turadi.
Pomidorning bir kilogrammi 3 ming so‘mdan 20 ming so‘mgacha, bodring — 2,5 ming so‘mdan 13 ming so‘mgacha sotilmoqda.
Bir kilogramm kartoshkani 1,7-4 ming so‘mdan, piyozni 1,5-2 ming so‘mdan, sabzini 2-2,5 ming so‘mdan sotib olish mumkin.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonga iste’molchilar ishonchi oshgani haqida yozgan edi.